«statistika agentligi» tegli maqolalar


O‘zbekiston birinchi chorakda 360,2 mln dollarlik gaz import qildi
24 aprel 2024, 12:09

O‘zbekiston birinchi chorakda 360,2 mln dollarlik gaz import qildi

2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda — 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi.

Birinchi chorakda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 1,5 barobar oshdi
24 aprel 2024, 11:59

Birinchi chorakda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 1,5 barobar oshdi

Joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 91 mingtaga yetdi yoki bir yarim barobarga oshdi. Deyarli barcha modellar orasida ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatilmoqda.

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
23 aprel 2024, 18:02

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi.

Mart oyida gaz, neft va benzin qazib olish kamaydi
22 aprel 2024, 23:28

Mart oyida gaz, neft va benzin qazib olish kamaydi

Mart oyida O‘zbekistonda 2023-yilning martiga nisbatan gaz (-6,5 foiz) va neft (-11,1 foiz), shuningdek, benzin (-1,6 foiz) qazib olish kamaydi. Ko‘mir qazib olish esa biroz oshdi (+0,9 foiz).

Martda yillik inflyatsiya 7,89 foizgacha sekinlashdi. Bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich
1 aprel 2024, 12:03

Martda yillik inflyatsiya 7,89 foizgacha sekinlashdi. Bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich

Martda 0,7 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Yillik inflyatsiya 7,98 foizgacha sekinladi, bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich. Statistika agentligiga ko‘ra, go‘sht narxi 5 oydirki pasayib bormoqda, sut, shakar, un, kartoshka, piyoz, sabzi qimmatlashgan. Benzin, temiryo‘l va havo transporti narxlari oshdi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m talab etiladi — Statistika agentligi
28 mart 2024, 15:53

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m talab etiladi — Statistika agentligi

O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish uchun oldindan 800 mlrd so‘m talab etiladi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi. Tadbir 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi reja qilingan.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarga mo‘ljallanmoqda
17 mart 2024, 11:42

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarga mo‘ljallanmoqda

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022-yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027-yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?
6 mart 2024, 09:30

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 1989-yili o‘tkazilgan. Yangisi 2022-yilga reja qilingan edi, pandemiya sabab 2023-yilga qoldirildi, ammo baribir o‘tkazilmadi. O‘zi uning nima keragi bor, u qanday foyda keltiradi va uni kechiktirish nimasi bilan xatarli — “Gazeta.uz” shu haqda ma’lumot beradi.

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,32 foizni tashkil etdi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi
2 mart 2024, 15:45

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,32 foizni tashkil etdi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi

O‘zbekistonda fevralda so‘nggi sakkiz yildagi eng past — 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi.

Bahodir Begalov nomzodi BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi
1 mart 2024, 16:36

Bahodir Begalov nomzodi BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi

Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMT Statistika komissiyasining 55-sessiyasida qatnashdi. Unda agentlik rahbari nomzodi komissiya a’zoligiga ilgari surildi.

621 ming so‘m — O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
22 yanvar 2024, 10:40

621 ming so‘m — O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha oshirildi. Ko‘rsatkich mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi.

2023-yilda inflyatsiya 8,77 foizni tashkil qildi. O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?
3 yanvar 2024, 12:29

2023-yilda inflyatsiya 8,77 foizni tashkil qildi. O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda 8,77 foizli inflyatsiya qayd etildi, bu 2016-yildan beri eng past ko‘rsatkich sanaladi. Yil davomida guruch 38,7%, go‘sht 9,3%, sut 13,3%, tuxum 11,7%, shakar 11% ga qimmatladi. Benzin narxi 19,1%, propan narxi esa 29,4% ga oshdi.

Gaz, neft va gaz kondensatini qazib olish pasayishda davom etmoqda
22 dekabr 2023, 11:03

Gaz, neft va gaz kondensatini qazib olish pasayishda davom etmoqda

O‘zbekiston gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishni qisqartirishda davom etmoqda. Noyabr oyida bu hajm 3,79 mlrd kub metrni tashkil etdi (2022-yil noyabriga nisbatan 10,2 foizga kam), yil boshidan buyon esa pasayish 4,5 mlrd kub metrdan oshdi. O‘tgan oyda benzin ishlab chiqarish ham kamaygan.

O‘zbekiston oltin eksportini rekord daraja — 8,1 mlrd dollarga yetkazdi
21 dekabr 2023, 18:00

O‘zbekiston oltin eksportini rekord daraja — 8,1 mlrd dollarga yetkazdi

2023-yilning 11 oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd dollarga (+26,2 foiz) yetdi. Import eksportdan qariyb 11 mlrd dollarga oshdi. Oltin eksporti 2,3 baravar ko‘payib, rekord daraja — 8,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Samolyotlar, avtomobillar, neft va boshqa resurslar importi yuqoriladi.

Noyabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,1 foizni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 7 yildagi minimal ko‘rsatkich
5 dekabr 2023, 10:58

Noyabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,1 foizni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 7 yildagi minimal ko‘rsatkich

Noyabr oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda 1,1 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,8 foizdan pasaydi — bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich. O‘tgan oyda tuxum va shakar narxi oshgan, mol go‘shti, un va sariyog‘ esa arzonlashgan. Benzin va propan narxi oshib bormoqda, poyezd chiptalari ham qimmatladi.

O‘zbekiston sentabrda Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz eksport qildi
7 noyabr 2023, 12:06

O‘zbekiston sentabrda Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz eksport qildi

Sentabr oyida O‘zbekiston Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz yetkazib berdi — bu apreldan beri yetkazib berishning minimal hajmi bo‘ldi. Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti 412,2 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,9 barobar kam.

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich
4 noyabr 2023, 11:29

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich

Oktabr oyi oxirida O‘zbekistonda 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya yana 9 foizdan tushdi. Energiya tariflari oshishiga qaramay, bu oxirgi 7 yildagi eng past oylik ko‘rsatkichdir. Iqtisodchining taxmin qilishicha “iqtisodiy haroratni o‘lchaydigan termometr buzilib qolgan”.

O‘zbekistonda sakkiz oyda qancha gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va benzin ishlab chiqarildi?
7 oktabr 2023, 23:19

O‘zbekistonda sakkiz oyda qancha gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va benzin ishlab chiqarildi?

O‘zbekistonda dastlabki sakkiz oyda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga yoki 3,26 mlrd kub metrga kamaygan. Avgustda ishlab chiqarish 3,92 mlrd kub metrni tashkil etdi (o‘tgan yilning avgustiga nisbatan -9 foiz). Elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,7 foizga, ko‘mir — 10,4 foizga o‘sdi.

Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,24 foizni tashkil etdi. Bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich
1 oktabr 2023, 11:44

Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,24 foizni tashkil etdi. Bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Sentabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 1,2 foiz inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya esa 9,2 foizgacha tezlashdi. O‘tgan oyda Qozog‘istondan un importi to‘xtatilgani haqidagi xabarlar ortidan ushbu mahsulot, shuningdek, tuxum, sabzi va kartoshka narxi keskin ko‘tarildi. Benzin va metan narxi ham o‘smoqda.

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda
20 sentabr 2023, 21:53

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda

Iqtisodiyot vazirligi olti oyda 2,6 mlrd kub metr — 2022-yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobar ko‘p gaz import qilganini bildirdi. Bu Statistika agentligi ma’lumotlaridan farq qiladi va MB rahbarining gaz importi tufayli budjet taqchilligi oshgani haqidagi so‘zlariga qisman oydinlik kiritishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting